18:31 / 06.09.2017
6 436

Otishmaga sabab bo‘lgan Spark’ni olib qochgan shaxs qidirilmoqda

Otishmaga sabab bo‘lgan Spark’ni olib qochgan shaxs qidirilmoqda
Toshkent shahar IIBB 5 sentyabr kuni Hamid Olimjon metro bekati yaqinida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan bayonoti e’lon qilingan edi.

Jinoyatni sodir etganlikda gumonlangan shaxs, 1983 yilda tug‘ilgan Sanjarbek Iskandarov ustidan qidiruv e’lon qilindi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

Xabarda Spark avtomobilini “to‘sib ushlash” rejasi amalga oshirilgani va ushbu avtomobil Uchtepa tumanida o‘g‘irlanganligi aytib o‘tilgan.

IIBB ushbu shaxs haqidagi ma’lumotlarni IIBBning barcha tuzilmalariga tarqatgan bo‘lib, gumonlanuvchi haqida biror bir ma’lumotlarga ega shaxslardan yaqin atrofdagi IIBga yoki “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni so‘ragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Otishmaga sabab bo‘lgan Spark’ni olib qochgan shaxs qidirilmoqda