00:03 / 08.09.2017
5 809

Bangkok-Toshkent yo‘nalishidagi reys 5 sentyabrdan buyon kechiktirilyapti. Bu bo‘yicha "O‘zbekiston havo yo‘llari" axborot berdi

Бангкок-Тошкент йўналишидаги рейс 5 сентябрдан буён кечиктириляпти. Бу бўйича "Ўзбекистон ҳаво йўллари" ахборот берди
HY532 Bangkok-Toshkent yo‘nalishidagi reys 5 sentyabrdan buyon kechiktirilyapti. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK axborot xizmatiga tayanib «UZ24» xabar berishicha, bunga samolyotning nosozligi sabab bo‘lgan. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun aviakompaniya yo‘lovchilar va ularning yaqinlaridan uzr so‘raydi.

“Aviakompaniya o‘z yo‘lovchilarining xavfsizligi uchun javobgar, shu sababli havo kemasining nosozligi to‘liq bartaraf etilmaguncha parvoz amalga oshirilmaydi”, deyiladi kompaniya axborotida.

Xabar berilishicha, Bangkok shahrida Milliy aviakompaniya vakillari kelib chiqqan holatni tezkorlik bilan hal etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Kompaniya tartiblariga muvofiq, barcha yo‘lovchilarga mehmonxona, 3 mahal ovqatlanish, aeroport va mehmonxona oralig‘ida yer usti transporti hamda yaqinlari bilan xalqaro aloqa orqali muloqot qilish imkoniyati berilgan.

Ayni vaqtda Bangkok aeroportida qolgan 30 nafar yo‘lovchini Toshkentga olib kelish uchun muqobil marshrutlar o‘rganib chiqilmoqda.

Mazkur reys yo‘lovchilari bilan bog‘liq vaziyatning o‘zgarib borishi haqida yana qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bangkok-Toshkent yo‘nalishidagi reys 5 sentyabrdan buyon kechiktirilyapti. Bu bo‘yicha "O‘zbekiston havo yo‘llari" axborot berdi