15:49 / 08.09.2017
11 414

Foto: Samarqand shahri tunggi klublarida reydlar o‘tkazildi

Foto: Samarqand shahri tunggi klublarida reydlar o‘tkazildi
Joriy yilning 6 sentyabrdan 7 sentyabrga o‘tar kechasi Samarqand shahridagi internet va tungi klublarda ota-onasining nazoratisiz yurgan voyaga yetmaganlarni aniqlash maqsadida nazorat tadbirlari (reydlar) o‘tkazildi.

Nazorat tadbiri davomida voyaga yetmagan ishlari bo‘yicha viloyat idoralararo komissiya a’zolari hamda Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi, “Samarqand-MChJ” televidiniyesining, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati operator va muxbirlari ishtirok etdi.

Ishchi guruhi tomonidan shahardagi “Barxan”, “Daimond Hall”, “Sultan”, “Cavalli”, “Jeyran”, “Super xot-dog” nomlari bilan faoliyat yuritayotgan tungi barlarda tungi soat 23:00 dan keyin borib nazorat qilinganda voyaga yetmagan yoshlar aniqlandi. Ularning shaxsini to‘liq aniqlash maqsadida ichki ishlar idoralariga yuborildi.

Reydlar davomida mazkur tungi klublarda tungi vaqt bo‘lishiga qaramasdan faoliyat olib borayotganligi, shu bilan birgalikda mijozlar uchun tayyorlab berilayotgan mahsulotlar antisanitariya holatida ekanligi, eng achinarlisi, yoshi kattalarning yoshlarga o‘rnak bo‘lish o‘rniga o‘zlari tungi vaqtda mast holda ushbu joylarda vaqtini o‘tkaziyotganligi ma’lum bo‘ldi.


Hatto ba’zi bir yosh qizlar ushbu klublarga aynan yoshi kattalar tomonidan (shahvoniy maqsadlarda) olib kelinganligi kishini taajjublantiradi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 14 martdagi “Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” deb e’lon qilingan edi.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Foto: Samarqand shahri tunggi klublarida reydlar o‘tkazildi