20:47 / 08.09.2017
8 180

13 yoshli qiz vafotidan keyin 8 kishining hayotini saqlab qoldi

13 yoshli qiz vafotidan keyin 8 kishining hayotini saqlab qoldi
Britaniyada bir qizning donorlik a’zolari tufayli 8 kishining hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lindi. The Guardian nashriga tayanib Kun.uz'ning yozishicha, donor bosh miya anevrizmidan halok bo‘lgan 13 yoshli britaniyalik Jemima Leyzel bo‘lgan.

Qizchaning ota-onasi uning vafotidan keyin organlarini boshqa muhtoj kishilarga berishga qaror qilishgan. Qizning tana a’zolari ko‘chirib o‘tkazilgan 8 kishidan 5 nafari bolalardir. 3 kishi Jemimaning yuragini, ingichka ichagi va oshqozonosti bezini, 2 kishi uning buyraklarini, yana bir kishi o‘pkasini olgan. Qizning jigari esa ikki kishi orasida taqsimlangan.

Jemimaning ota-onasi bunday qarorga kelish qiyin bo‘lganini, biroq ular shunchalik ko‘p miqdordagi odamlarning hayotini saqlab qolishgani uchun xursand ekanliklarini aytishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 13 yoshli qiz vafotidan keyin 8 kishining hayotini saqlab qoldi