23:32 / 08.09.2017
7 300

Qozog‘iston ortidan O‘zbekistonda ham benzin oshishi mumkinmi?

Qozog‘iston ortidan O‘zbekistonda ham benzin oshishi mumkinmi?
Qozog‘iston ekspertlari shu kuz mavsumida benzin narxi qimmatlashishini taxmin qilishmoqda. Bunga yoqilg‘ining yetishmovchiligi sabab bo‘ladi. Sentyabr boshidan buyon Qarag‘anda viloyatining 3 ta shahrida benzin deyarli yo‘q.

Neft-gaz sohasi bo‘yicha ekspert, qozog‘istonlik iqtisodchi Sergey Smirnovning aytishicha, Qozog‘iston har safar xalqqa benzin narxi nima uchun oshganligini tushuntirish kabi “bosh og‘rig‘i”dan xalos bo‘lgan. Benzinning chakana narxini bozor belgilaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda odatda benzin yiliga ikki marta — kuz va bahor mavsumida oshadi. Ekspert benzin narxi oshishiga sabab bo‘luvchi ob’ektiv bozor sabablari borligini ta’kidladi.

“...Qozog‘istonda bunga sabab doim topilgan. Fikrimcha, bunga mavsumning aloqasi yo‘q. Bu 2025 yilgacha Yevrosiyo iqtisodiyot ittifoqi doirasida energiya resurslarining yagona bozorini tashkil qilish bilan bog‘liq. Bu nimani anglatadi? Bu shu vaqtgacha bizning narxlarimiz Rossiya narxlariga yetib olishi kerak degani.

Rossiyada benzin narxi Qozog‘istondagidan ko‘ra taxminan 50 foizga yuqori. Narxlarimiz mutanosib bo‘lishi uchun biz Rossiyadagi kabi 1 litr yoqilg‘i bahosining 60 foizini soliq sifatida ajratilishini ta’minlashimiz zarur”, deydi ekspert.

Qozog‘istonda benzin bahosi inflyatsiya ko‘rsatkichiga yetib boryapti. Yil boshidan buyon benzin bahosi o‘rtacha 4,3 foizga, dizel 11,1 foizga oshdi.

Qozog‘istonda benzin narxining oshishi haqida rasmiy xabarlar yo‘qligi sababli ulgurchi tadbirkorlar benzin narxini o‘zlari istaginidek boshqarishlariga olib kelmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, O‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan Qozog‘istonda benzin narxi oshsa, bu narsaning ta’siri bizda ham sezilishi ehtimoldan holi emas.

Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston viloyatlarida benzin taqchilligi muammosi hamon mavjud. Kuz-qish mavsumida bu taqchillik Toshkentda ham kuzatilishi deyarli odatga aylanib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda oxirgi marta benzin narxi 2016 yil 23 oktyabrda oshgan edi. Hozirda sotilayotgan yoqilg‘i narxlari quyidagicha:

1 litr Ai-80 markadagi avtobenzin uchun — 2800 so‘m;

1 litr Ai-91, AI-92, Ai-93 markadagi avtobenzinlar uchun — 3000 so‘m;

1 litr Ai-95 markadagi avtobenzin uchun — 3300 so‘m.

Manba: qalampir.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘iston ortidan O‘zbekistonda ham benzin oshishi mumkinmi?