16:32 / 09.09.2017
5 975

Konvertatsiya ochilgach aviakassalarda muammolar yuzaga kelmoqda...

Konvertatsiya ochilgach aviakassalarda muammolar yuzaga kelmoqda...
Valyuta-konvertatsiya yo‘nalishidagi islohotlar aholida iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tayotganiga ishonch bergan bo‘lsa, bu jarayonda banklar va ba’zi xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar o‘rtasida tushunmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur holat joriy etilgan yangi qoidalarni har kim o‘zicha tushunishi oqibatida kelib chiqmoqda deya taxmin qilish mumkin.

Xuddi shunday tushunmovchiliklar valyutaning erkin konvertatsiyasi natijasida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va boshqa aviakompaniyalarning O‘zbekistondagi agentlari bilan sodir bo‘lmoqda.

5 sentyabrdan barcha to‘lovlar milliy valyutada amalga oshirilishi belgilangan edi.

Aviakassalar chiptalarni dollarda sotgan va agentlik ulushi valyutada to‘langan. Biroq, chiptalar so‘mda sotila boshlagach, shartnomalar yangilandi.

Muammolar banklar bilan sodir bo‘lmoqda, banklar aviakompaniya agentlarning 5 sentyabrga qadar bo‘lgan 50 foizlik valyutani majburiy sotish bo‘yicha to‘lov xabarnomalarini qabul qilmayapti. Bunga sabab sifatida to‘lovlar faqat milliy valyutada amalga oshirilishini ta’kidlamoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni 5 sentyabrdan kuchga kirgan, ushbu muddatga qadar yuzaga kelgan shartnomaviy majburiyatlar farmonga qadar amal qilgan qoidalar asosida bajarilishi kerak.

Bundan kelib chiqib banklar aviakompaniya agentlarining 5 sentyabrgacha bo‘lgan ulushlarini valyutada sotishlari mumkin.

Ushbu holatda aviakompaniya bank muassasalariga debitorlik qarzdorligi yuzasidan talab qo‘yishi mumkin.

Shunga o‘xshash muammo turizm sohasida faoliyat olib boruvchi kompaniyalar bilan ham yuzaga kelmoqda.

Mutaxassislardan mazkur masalaga tegishli ma’lumotlar, yuzaga kelayotgan vaqtinchalik tushunmovchiliklar yuzasidan izohlar kutib qolamiz...

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Konvertatsiya ochilgach aviakassalarda muammolar yuzaga kelmoqda...