07:30 / 10.09.2017
9 300

Rossiya O‘zbekistonga go‘sht va bug‘doy eksport qiladi

Rossiya O‘zbekistonga go‘sht va bug‘doy eksport qiladi
Rossiya O‘zbekistonga g‘alla va boshqa turdagi mahsulotlar eksportini ko‘paytirish va go‘shtni yetkazib berishni boshlaydi. Bu haqda Rossiya Qishloq xo‘jalik vazirligi rasmiysi Toshkentda tashkil etilgan ko‘rgazmada xabar berdi.

Rossiyalik eksportyorlar shakar, hayvon yog‘i, kungaboqar va soya yog‘lari, urug‘lik kartoshkani O‘zbekistonga eksport qilishdan manfaatdor ekanliklari aytib o‘tildi.

Bundan tashqari, bug‘doy, baliq, dengiz mahsulotlari, shirinliklar ham eksport qilinadi.

Rossiya tomoni fikriga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya tovarlari uchun “yashil koridor” yaratilishiga umid qilmoqdalar.

Ma’lumot uchun, 2016 yilda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida qishloq xo‘jalik mahsulotlari savdosi 398 million AQSh dollarini tashkil etgan.

O‘zbekistondan Rossiyaga 114 million dollarlik meva-sabzavot eksport qilingan. Meva eksport qilish o‘n barobarga oshgan.

Manba: qalampir.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiya O‘zbekistonga go‘sht va bug‘doy eksport qiladi