09:45 / 10.09.2017
10 909

Qirg‘iziston OAV: O‘zbekistonning birinchi xonimi qirg‘izistonliklar qalbini zabt etdi

Qirg‘iziston OAV: O‘zbekistonning birinchi xonimi qirg‘izistonliklar qalbini zabt etdi
Qirg‘iziston Respublikasidagi Rossiya OTMlari bitiruvchilari assotsiatsiyasi ijrochi direktori Esen Saliyev Facebook’dagi sahifasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi haqida yozdi. Uning gaplarini Qirg‘izistonning «Tuz.kg» nashri keltirib o‘tdi.

«Bilasizmi, «shaxsning tarixdagi roli» degan tushuncha bor, bunda bir kishi sharofati bilan yangi mamlakatlar ochiladi, davlatlararo nizolar hal bo‘ladi, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar o‘zgarishi yuz beradi va yangi istiqbollar ochiladi! Shu kunlarda bizga qardosh o‘zbek xalqi bilan do‘stlik, hamkorlik va do‘stona qo‘shnichilik aloqalarini yanada rivojlantirishning yangi istiqbollarini ochish imkoniyati berilmoqda! Va bu imkoniyat bizga Prezident Mirziyoyev sharofati bilan berildi!» — deb yozdi u.

«Do‘stlar, biz qardosh va do‘stona qo‘shni xalqmiz! Biz ahillik va hamkorlikda yashashimiz, o‘rtamizda anglashilmovchilik va chegara nizolari bo‘lmasligi kerak. Prezidentlarimiz kelishib olsin va anglashilmovchilik masalalariga nuqta qo‘ysin, biz dunyoda hayotimizning ikki tomonlama va ko‘p tomonlama darajalarida eng ahil qardosh xalqqa aylanaylik!» — deya qayd etdi Esen Saliyev.

Nashr qo‘shimcha qilishicha, qirg‘izistonliklar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rafiqasiga qoyil qolishgan. «Fuqarolarimiz birinchi xonim — Mirziyoyevning rafiqasiga to‘g‘ri ma’noda qoyil qoldi. Yorqin, didli Ziroatxon Hoshimova — O‘zbekiston birinchi xonimining ism-sharifi shunday — qirg‘izistonliklarning qalblarini zabt etdi», — deyiladi maqolada.

Manba: daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qirg‘iziston OAV: O‘zbekistonning birinchi xonimi qirg‘izistonliklar qalbini zabt etdi