12:39 / 11.09.2017
6 412

Yangiyo‘ldan “Matiz” olib qochgan shaxs Chirchiqda qo‘lga olindi

Yangiyo‘ldan “Matiz” olib qochgan shaxs Chirchiqda qo‘lga olindi
Joriy yilning 26 avgust kuni soat 05.15 larda Yangiyo‘l tumanida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan A.N. Yangiyo‘l tumani Beruniy ko‘chasida joylashgan dorixona oldida avtoulovini kalitini o‘t oldirgichda va eshigini ochiq holda qoldirib dorixonaga dori olish maqsadida kirib, oradan 5-10 daqiqa o‘tib qaytib chiqqanida «MATIZ BEST» rusumli davlat belgisi 10 S 052 MA avtoulovi noma’lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Yangiyo‘l tumanida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan T.B. boshqaruvida bo‘lgan avtoulov bilan Chirchiq shahar, A.Navoiy ko‘chasida joylashgan «Kimyogarlar bog‘i» dam olish maskaniga kirish darvozasi oldida ushlangan.

Ushbu holat yuzasidan T.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangiyo‘ldan “Matiz” olib qochgan shaxs Chirchiqda qo‘lga olindi