22:05 / 11.09.2017
7 159

Qirg‘izistonda “donbasslik” snayper ayol qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda “donbasslik” snayper ayol qo‘lga olindi
Qirg‘iziston Respublikasi poytaxti Bishkekda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan snayper ayol qo‘lga olindi.

Ayolning aytishicha, u Donbassda kechayotgan fuqarolik urushlarida snayper bo‘lib xizmat qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, u Oliy sud binosiga o‘q-dorilar kiritishga harakat qilgan.

Qirg‘iziston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan 40 yoshli snayper ayol sud binosi oldida qo‘lga olingan. Shuningdek, uning yonida 7,62 millimetrlik patron borligi ham aniqlangan.

“Hibsga olingan shaxs tergov davomida Donbassda snayper bo‘lib ishlaganini, biroq patronlarni Bishkek yaqinidagi chuqurlikdan topib olganini ta’kidladi. Hozirda bu bo‘yicha tekshiruv ishi olib borilmoqda. Shuningdek, hozirda ayol nima uchun aynan sud binosiga kirishga harakat qilgani aniqlanmoqda”, deydi Bishkekning ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Hozirda mazkur masala bo‘yicha “qurol-aslaha, o‘q-dorilar, portlovchi moddalarni noqonuniy olish, topshirish, sotish, saqlash, tashish yoki olib o‘tish” moddasi asosida jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol 1977 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Rossiya fuqarosi hisoblanadi. Ayni damda ayol hisbga olingan, vaqtinchalik saqlash kamerasida ushlab turilibdi. Unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy yuzasidan tekshirish-surishtirish ishlari olib borilmoqda.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qirg‘izistonda “donbasslik” snayper ayol qo‘lga olindi