22:44 / 12.09.2017
6 953

Orol dengizida 210 tonna baliq nobud bo‘ldi

Orol dengizida 210 tonna baliq nobud bo‘ldi
Ushbu hodisa yuzasidan «Baliq zaxiralari muhofazasi qoidalarining buzilishi» va «mas’uliyatsizlik» moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Baliq zahiralarini muhofaza qilish qoidalarining buzilishi Orol dengizida baliqlarning ommaviy nobud bo‘lishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deb xabar qildi Qizil O‘rda viloyati prokuraturasi matbuot-xizmati.

Baliqlarning ommaviy nobud bo‘lishi hodisasi 8 avgustga o‘tar kechasi Ko‘k orol to‘g‘onining quyi qismida qayd etilgan. Mutaxassislarning fikricha, Sirdaryoning qo‘yi qismi, jumladan, Kichik Orolga kelib tushgan katta hajmdagi suv ham ushbu fojia sababchisi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

«Jazirama ob-havo va suv bosimining pasayishi oqibatida yuzaga kelgan shunday holat oqibatida 210 tonna yosh baliqlar nobud bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan Qizil O‘rda viloyati tabiat muhofazasi prokuraturasi tomonidan «Baliq zaxiralari muhofazasi qoidalarining buzilishi» va «mas’uliyatsizlik» moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan», — deyiladi xabarda.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Orol dengizida 210 tonna baliq nobud bo‘ldi