18:12 / 13.09.2017
8 000

Nursulton Nazarboyev uch kundan keyin O‘zbekistonga keladi

Nursulton Nazarboyev uch kundan keyin O‘zbekistonga keladi
O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlari bugungi kunda o‘zining rivojlanish bosqichidan o‘tmoqda. Sababi qariyb bir hafta ichida Davlat rahbari darajasidagi ikki rasmiy tashrif amalga oshirilmoqda.

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev 16 sentyabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qalampir nashri xabar berdi.

Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikkitomonlama munosabatlarning istiqbollari yuzasidan muzokara olib borishi kutilmoqda.

Rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, 17 sentyabr kuni Nursulton Nazarboyev Turkmaniston Respublikasiga ishchi tashrif bilan borishi haqida ma’lumot berilgan.

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan uyushtirilgan tashrif chog‘ida 10 sentyabr kuni Ostona shahrida ochilgan Islom hamkorlik tashkilotinining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nursulton Nazarboyev uch kundan keyin O‘zbekistonga keladi