23:15 / 13.09.2017
6 671

Endi Namanganda to‘ylarga 250 kishidan ortiq mehmon aytib bo‘lmaydi

Endi Namanganda to‘ylarga 250 kishidan ortiq mehmon aytib bo‘lmaydi
Avvalroq, Toshkent shahrida avj olib borayotgan dabdali to‘ylardagi ortiqcha sarf-harajatlarni yo‘q qilish masalasi ko‘tarilgan edi. Bunda to‘ylarni cheklash bo‘yicha huquqiy asoslarni qayta ko‘rib chiqish zarurati tug‘ilgani aytilgan.

Shundan kelib chiqib, Namangan viloyati hokimligi tomonidan “To‘y-hasham, oilaviy tantana, ma’raka va marosimlar, marhumlar xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini yanada ixchamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqilib, Normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga xalq muhokamasi uchun joylashtirildi.

Qaror loyihasi 11 sentyabr kuni muhokama uchun qo‘yilgan bo‘lsa, 26 sentyabrda muhokama qilish jarayoni yakunlanadi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi hamda keng jamoatchilikning taklif va istaklari inobatga olinib, viloyatda har qanday to‘y va marosimlar bir kunda o‘tkazilishi qat’iy belgilab qo‘yish, Namangan shahrida bo‘lib o‘tadigan to‘y bazmlarni kechki soat 22:00 da to‘xtatish lozimligi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, shahar va tumanlardagi restoran, kafe va to‘yxonalarda marosimlarni o‘tkazish vaqtini 3 soatdan ortib ketmasligini nazorat qilinishini ta’minlash masalasi qayd etilgan.

Har qanday tadbirlarni bir kunda, ko‘pi bilan 200–250 nafardan ortiq mehmonlarni jalb etmagan holda o‘tkazilishi qat’iy belgilab qo‘yilishi tavsiya etilgan.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi Namanganda to‘ylarga 250 kishidan ortiq mehmon aytib bo‘lmaydi