Ijtimoiy tarmoqlarda 23 avgust kuni soat 11:00 da Xalqaro press klubning Xalq ta’limi vazirligi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan sessiyasi jonli efirda uzatilmasligi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Va bu o‘z tasdig‘ini topib, ushbu sanadan so‘ng Xalqaro press klub jonli efirga chiqmadi. Ushbu holat yuzasidan turli izohlar berilib, sentyabr oyidan jonli efirga chiqish qayta tiklanishi aytildi, deb yozadi Qalampir nashri.
Ertaga, 15 sentyabr kuni soat 11:00 da Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasi tashkil etiladi. Eng qizig‘i, ushbu sessiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishi kutilmoqda.
15 sentyabrda tashkil etilishi rejalashtirilgan Press klub sessiyasida moderator sifatida Sherzod Qudratxo‘jayevning ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda tahririyatimizga yaqin manbaa xabar berdi.
Ertangi sessiya “Biznes ombudsman” faoliyati bo‘yicha bo‘lishi hamda unda spikerlar sifatida Savdo sanoat palatasi raisi Adham Ikramov, Adliya vazirligi rahbariyati va O‘zbekistonning taniqli tadbirkorlari ishtirok etishi mumkinligi aytildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?