21:02 / 14.09.2017
7 078

Yuqorichirchiqda qo‘shnilar janjali fojia bilan yakunlandi

Yuqorichirchiqda qo‘shnilar janjali fojia bilan yakunlandi
Yuqorichirchiq tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan Abror Asilbekov mast holda qo‘shnisi bilan janjallashib qolgan.

Janjal oqibatida Abror Asilbekov 1974 yilda tug‘ilgan To‘xliboy Borkinovga qasddan tan jarohati yetkazgan. Voqea
Borkinovning uyi oldida sodir bo‘lgani ma’lum qilinmoqda.

Chap ko‘krak sohasiga bir marotaba pichoq bilan tan jarohati yetkazilgan To‘xliboy Borkinov shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar bermoqda.

Tuman shifoxonasining ma’lumotnomasiga ko‘ra, To‘xliboy Borkinovning olgan tan jarohati — bemorning hayoti uchun xavfli hisoblanadi.

Ushbu holat yuzasidan Abror Asilbekovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumonlanuvchi ushlangan va unga nisbatan vaqtinchalik qamoq chorasi qo‘llanilgan. Tergov ishlari davom etmoqda.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuqorichirchiqda qo‘shnilar janjali fojia bilan yakunlandi