Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga boradi

  • 14-09-2017, 22:20
  • 1 539
  • Jamiyat
  • Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga boradi
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2017 yil 17 sentyabr kuni Turkmanistonga tashrif buyuradi.

    O‘zA xabariga ko‘ra, prezident Ashxobod shahrida o‘tkaziladigan Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.

    Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazishi ham ko‘zda tutilgan.

    » » Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga boradi