Xalqaro Press-klub yana jonli efirda

  • 15 sentyabr 2017, 23:02
  • 4 574
  • Jamiyat
  • Xalqaro Press-klub yana jonli efirda
    15 sentyabr kuni Xalqaro Press klubning navbatdagi anjumani yana jonli efir orqali namoyish etildi. Sessiya Xalqaro press-klub rahbari Sherzod Qudradxo‘jayev boshchiligida olib borildi. KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, bugungi tadbir "Biznes-ombudsman - tadbirkorlik himoyasi va vazifalar tahlili” mavzusiga bag‘ishlandi.

    Anjumanda spiker sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakili Dilmurod Kasimov, savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov, adliya vaziri o‘rinbosari Maxmud Istamov ishtirok etdi.

    Anjuman davomida O‘zbekistonda faoliyat Biznes-ombudsman vakilining asosiy vazifalari sanab o‘tildi:
    - tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlarining huquqlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
    - davlat organlari tomonidan ular huquqlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
    - faoliyatini tekshirish amalga oshirilayotganda ularni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
    - tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilishini o‘rganish;
    - qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ta’siri samaradorligini baholash;
    - tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga, ularni rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
    Hozirda Biznes-ombudsman vakili Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida jami 3 150 tadbirkor bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shuningdek, ushbu viloyatlardagi mahalliy davlat hokimiyati, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi o‘rganildi.

    Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining institutlari bilan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishda hamkorlik o‘rnatish yuzasidan 21ta Memorandum loyihalari ishlab chiqilib, kelishish uchun tegishli tashkilotlarga yuborildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xalqaro Press-klub yana jonli efirda