08:20 / 16.09.2017
6 873

Nazarboyev Islom Karimov haykalini yo‘qlaydi

Nazarboyev Islom Karimov haykalini yo‘qlaydi
Joriy yilning 31 avgust kuni Toshkent shahridagi Oqsaroy majmuasi oldida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning siymosi ifodalangan haykal qad rostlagan edi.

Ikki kundan buyon Toshkent shahrining ko‘plab hududlarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, Oqsaroy qarorgohi hududida ham. Shu sababli Islom Karimov nomidagi memorial majmua tashrif buyuruvchilar uchun xizmat ko‘rsatmayapti.

Avvalroq, 16 sentyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelishi haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari o‘rtasidagi hamkorlikning yaqqol ramzi sifatida ikki mamlakat o‘rtasida amalga oshirilayotgan davlat rahbarlari darajasidagi tashriflarda ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, 17 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev Turkmaniston Respublikasiga tashrif buyuradilar.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nazarboyev Islom Karimov haykalini yo‘qlaydi