10:55 / 17.09.2017
11 373

Chilonzorda bir qiz olomon ustiga mashina haydadi. Qurbonlar va yaralanganlar bor

Chilonzorda bir qiz olomon ustiga mashina haydadi. Qurbonlar va yaralanganlar bor
15 sentyabr kuni soat 01:00 da poytaxtning Chilonzor tumanida yirik YTH ro‘y berdi. Bunyodkor ko‘chasida 21 yoshli qiz Lacetti mashinasida yo‘l chetidan ketayotgan to‘rt piyodani urib yubordi. Bu haqda «Novosti Uzbekistana»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Piyodalardan biri — 25 yoshli yigit voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Uning uch do‘sti Respublika tez tibbiy yordam markaziga yetkazildi.

Piyodalarni urib ketgach, qiz yonidan o‘tayotgan Nexia avtomashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Ikki mashina haydovchilari va yo‘lovchilari jabrlanmadi.

Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati qiz do‘stining avtomobilini boshqarayotganini, uning yonida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmaganini bildirdi. Mashinaning egasi haydovchining yonidagi o‘rindiqda o‘tirgan edi. YTH vaqtida mashinani boshqarayotgan qiz mast emas edi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzorda bir qiz olomon ustiga mashina haydadi. Qurbonlar va yaralanganlar bor