16:25 / 17.09.2017
10 935

Olimlar odamning qarishdan to‘xtashi mumkin bo‘lgan joy nomini aniqlashdi…

Olimlar odamning qarishdan to‘xtashi mumkin bo‘lgan joy nomini aniqlashdi…
Fizik olim Kip Torn yaqinda o‘zining «Interstellar. Fan kadr ortida» nomli kitobini chop etdi. Kitobda insoniyatning qarishini sekinlashtiruvchi joy nomi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu samodagi «qora tuynuk» deb nomlangan obekt hisoblanarkan. Agar odam shu qora tuynuk qarshisida tursa, bir zumda qarib qolarkan. Lekin o‘sha bir zum Yer qarichi bilan o‘lchansa, yuzlab yillarga teng bo‘larkan. Qolaversa, «qora tuynuk»ka kirgan ob’ekt yo‘qolib ketmasligi haqida yana bir fizik olim va bashoratchi Stiven Xoking to‘xtalib o‘tdi. Uning aytishicha, qora tuynuk ichkarisiga kirgan har qanday ob’ekt o‘zga dunyoga kiradi. Demak, u yo‘qolib ketmaydi.

Boshqa bir olimlar guruhi esa «qora tuynuk» haqida gapirish asnosida ta’kidlashdiki, u shu qadar kuchli tortishish kuchiga egaki, hatto butun boshli Quyosh tizimini yutib yubora oladi. Bundan tashqari, agar shunday qora tuynukdan ikkitasini yonma-yon qo‘yilsa, har qanday hajmdagi ob’ektni yorug‘lik tezligida itqitib tashlay biladi.

Olimlar yerliklarga shu narsani alohida aytib o‘tishmoqdaki, biz bunday hodisalarni o‘ylab xavotirga tushishimizga sira hojat yo‘q ekan. Chunki Quyosh tizimiga yaqin masofada «qora tuynuk»lar yo‘q.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar odamning qarishdan to‘xtashi mumkin bo‘lgan joy nomini aniqlashdi…