07:30 / 19.09.2017
7 758

Keles shahrida qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir qilindi

Keles shahrida qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir qilindi
Toshkent tumani Keles shahrida qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir qilindi.

Xususan, 17 sentyabr kuni tungi vaqtda tumanda yashovchi Zeblin Andrey Sergeyevich (1999 y.t.) tumandagi uylardan biriga deraza orqali kirib, pichoq bilan qurollangan holda mazkur uyda yashovchi uxlab yotgan fuqarolarga hujum qilgan.

Yetkazilgan ko‘plab jarohatlar natijasida 1988 y.t. ayol kishi halok bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i (1987 y.t.) jinoyat vaqtida uyg‘onib, tajovuzkorni to‘xtatmoqchi bo‘lgan, biroq u ham og‘ir tan jarohatlari olgan (shifoxonaga joylashtirilgan).

Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida A.Zeblin ushlandi.

Hozirgi vaqtda jinoyatning sabablari aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasdddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Keles shahrida qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir qilindi