13:00 / 19.09.2017
6 371

Toshkentda uch oydan beri aliment to‘lamagan er qamoqqa olindi (video)

Toshkentda uch oydan beri aliment to‘lamagan er qamoqqa olindi (video)
Toshkent shahar Sergeli tuman sudi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyda sayyor sud majlisi tashkil etildi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» xabar bermoqda.

Majlisda aliment pulini to‘lashdan bosh tortgan Muhiddin Saydullayev ishi ko‘rib chiqildi.

Dastlabki tergov hujjatlariga ko‘ra, Saydullayev voyaga yetmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsni boqish va tarbiyalash uchun zarur aliment pulidan bo‘yin tovlab, uni jami uch oydan buyon to‘lamay kelgan.

Sud majlisida davlat ayblovchisi suddan Saydullayev jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplanmagani va jabrlanuvchining da’vosi borligini inobatga olib, unga nisbatan qo‘llanilgan kafillikni qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirishni so‘radi.

Sud ushbu iltimosnomani atroflicha muhokama qilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash haqida hukm chiqardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda uch oydan beri aliment to‘lamagan er qamoqqa olindi (video)