12:16 / 20.09.2017
8 736

Paxta dalasida fojia. Rafiqasi o‘rniga terimga chiqqan er dalada jon berdi

Paxta dalasida fojia. Rafiqasi o‘rniga terimga chiqqan er dalada jon berdi
Andijon viloyatidagi Kun.uz manbalari bergan xabarga ko‘ra, Andijon shahridagi maktabda farrosh bo‘lib ishlovchi rafiqasining o‘rniga paxta terimiga chiqqan 58 yoshli Muzaffar Umrzaqov dalada yurak xurujidan vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, marhum Muzaffar Umrzoqovning rafiqasi Andijon shahridagi 8-umumiy ta’lim maktabida farrosh vazifasida ishlaydi. Fojia 16 sentyabr kuni Izboskan tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan biri dalasida ro‘y bergan. Uning jasadi Andijon shahridagi uyiga tez yordam mashinasida olib borib berilgan.

Ayni vaqtda byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodim va xizmatchilarni yoppasiga paxta terimiga jalb etilishi tufayli sog‘ligi yaxshi bo‘lmagan va homilador ayollar o‘z o‘rnilariga ma’lum mablag‘ evaziga odam yollashga yoki terimga o‘z yaqinlarini chiqarishga majbur bo‘lishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Paxta dalasida fojia. Rafiqasi o‘rniga terimga chiqqan er dalada jon berdi