23:05 / 21.09.2017
6 552

49 ming so‘mga “xizmat ko‘rsatgan” qorovul qo‘lga olindi

49 ming so‘mga “xizmat ko‘rsatgan” qorovul qo‘lga olindi
Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan axloqiy buzuqchilik bilan shug‘ullangan fuqarolarga nisbatan choralar ko‘rilmoqda. Biroq ayrim shaxslar o‘z vazifasidan foydalanib, tadbirkorlik maqsadida bunyod etilgan mehmonxonalardan boshqa maqsadlarda foydalanmoqda.

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, shu tumanning “Bahoriston” mahallasida joylashgan “Temiryo‘l” mehmonxonasi tekshirildi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

“Temiryo‘l” mehmonxonasi ko‘zdan kechirilganda mehmonxona qorovuli S.X. va Z.X.larga jinsiy aloqa qilishlari uchun mehmonxonadan sharoit yaratib berganligi aniqlandi. Qorovul “xizmat” uchun 49 ming so‘m pul olganligi aniqlandi.

Pullar ashyoviy dalil sifatida olinib, mehmonxona qorovuliga nisbatan O‘zR JKning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov va surishtiruv ishlari olib borilayotgani xabar qilindi.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 49 ming so‘mga “xizmat ko‘rsatgan” qorovul qo‘lga olindi