07:45 / 22.09.2017
10 400

MXX Nikolay II davrining 40 ta oltin tangalarini sotmoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi

MXX Nikolay II davrining 40 ta oltin tangalarini sotmoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi
O‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida qiymati 10 rubl bo‘lgan 36 ta oltin tangani 12,2 ming dollar evaziga sotishni rejalashtirgan Koson tumanida yashovchi 35 yoshli Bobir Nomatov va 34 yoshli Qarshilik Farxod Maxmudovlar qo‘lga olingan. Tekshiruv vaqtida ularning cho‘ntaklaridan yana 4 ta ana shunday tanga topilgan.

"Ekspertiza o‘tkazish uchun tangalar Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat probir palatasiga topshirilgan. Ekspertiza 40 ta tanga 900 probali oltindan yasalganini va ularning umumiy og‘irligi 343,5 grammligini hamda tangalar 1898 — 1903 yillarda ishlab chiqarilganini ko‘rsatdi", — dedi muassasa vakili.

Ushbu ish yuzasidan Qashqadaryo viloyatining Soliq va valyuta jinoyatlari bo‘limi jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Manba: darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MXX Nikolay II davrining 40 ta oltin tangalarini sotmoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi