13:20 / 22.09.2017
7 180

Maktab direktori fondi mablag‘larini kim nazorat qiladi?

Maktab direktori fondi mablag‘larini kim nazorat qiladi?
SAVOL: Maktab direktori fondi uchun ajratilgan mablag‘ni tuman moliya bo‘limi qisqartirishi mumkinmi?
Sobitxon Mamajonov

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 275-sonli «Umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasi to‘g‘risida»gi Nizomning 6-bandiga muvofiq, direktor jamg‘armasi umumta’lim muassasasi mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda tashkil etiladi.

Direktor jamg‘armasining mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori moliya yili uchun, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tasdiqlangan parametrlarida nazarda tutilgan 7 090 000 «Ta’lim» bo‘limining kichik bo‘limlari bo‘yicha mehnatga haq to‘lashga byudjet xarajatlari hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Shuningdek, «Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi (ro‘yxat raqami №2634, 2014 yil 15 dekabr) Nizomning 61-bandiga ko‘ra, hududiy moliya organlari xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin byudjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasini hamda umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining direktor jamg‘armasi to‘g‘ri shakllantirilganligi tekshirish lozimligi belgilangan.

Savolga huquqshunos Foziljon XATAMQULOV javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Manba: kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktab direktori fondi mablag‘larini kim nazorat qiladi?