22:56 / 23.09.2017
5 644

Saymon Makdonald O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Saymon Makdonald O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Ertaga, 24 sentyabr kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Tashqi ishlar va hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha vazirligi doimiy kotibi Saymon Makdonald O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar qiladi Qalampir.uz.

TIV Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Davlat kotibi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Tashqi ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazda O‘zbekiston–Buyuk Britaniya kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan uchrashuv va muzokaralar olib borilishi rejalashtirilgan.

Saymon Makdonald Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashadi hamda Toshkent va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan tanishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saymon Makdonald O‘zbekistonga tashrif buyuradi