Toshkentda 3 nafar erkak seyfdan 177 ming dollarni o‘g‘irlashdi

  • 25 sentyabr 2017, 12:33
  • 3 961
  • Jamiyat
  • Toshkentda 3 nafar erkak seyfdan 177 ming dollarni o‘g‘irlashdi
    21 sentyabr kuni Yakkasaroy tumanida noma’lum shaxslar 177 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni o‘g‘irlashgan, deb yozadi Sof.uz.

    Uch nafar erkak oldindan jinoiy til biriktirib, Yakkasaroy tumani hududida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat binosi ichkarisiga kirib, u yerdagi seyf ichidan 177 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni o‘g‘irlashgan. Qonunbuzarlar, shuningdek, mazkur jamiyat ishchisining hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, jinoyat sodir etilgan joydan yashiringanlar.

    Mazkur holat yuzasidan, Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 4-qismi “a” bandi (talonchilik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, juda ko‘p miqdorda, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentda 3 nafar erkak seyfdan 177 ming dollarni o‘g‘irlashdi