22:21 / 25.09.2017
7 304

Samarqandda mansabdor shaxs o‘zganing mashinasini o‘g‘irladi

Samarqandda mansabdor shaxs o‘zganing mashinasini o‘g‘irladi
Samarqand shahrida noma’lum shaxs Firdavsiy ko‘chasida qoldirilgan fuqaro I.J.ga tegishli Nexia avtomashinasi olib qochilgan. Bu haqda Samarqand shahar ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.

IIV Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomobil Gagarin ko‘chasida texnik soz holda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Payariq tumanida yashovchi, korxona direktorining o‘rinbosari, ya’ni mansabdor shaxs bo‘lgan, 1967 yilda tug‘ilgan M.M. sodir etganligi aniqlanib, gumondor qo‘lga olingan.

Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda mansabdor shaxs o‘zganing mashinasini o‘g‘irladi