07:30 / 26.09.2017
6 841

9 nafar o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi 5 yilga qamaldi

9 nafar o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi 5 yilga qamaldi
Avvalroq, 22 iyun kuni Qozog‘istonning Akmola viloyatini kesib o‘tgan “Samara-Shimkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus ag‘darilib ketgani haqida xabar bergan edik.

Natijada avtobus ichida bo‘lgan o‘zbekistonlik 9 nafar fuqaro halok bo‘lgani va yana 17 kishi jiddiy jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgani ma’lum qilingandi.

20 sentyabr kuni ushbu avtobus haydovchisiga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 9 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi, Jambil viloyatida yashovchi Leonid Yeremeyev aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sudda haydovchi rulda uxlab qolganini tan olgani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda 50 nafar o‘zbekistonlik va 2 nafar qozog‘istonlik fuqarolar bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 9 nafar o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi 5 yilga qamaldi