Navbatdagi valyutafurushlar qo‘lga tushdi (video)

  • 26 sentyabr 2017, 09:43
  • 4 684
  • Jamiyat
  • Navbatdagi valyutafurushlar qo‘lga tushdi (video)
    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Andijon viloyat boshqarmasi xodimlarining, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentning Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlari natijasida o‘z manfaatini ustun qo‘yuvchi ayrim shahslarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanalida xabar berilgan.

    Gap shundaki, fuqarolar Oybek Qahhorov va Gulbahor Mamadaliyevalar oson va mo‘may daromad topishni ko‘zlab, xorijiy valyutaning noqonuniy oldi-sotdisi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lishgan. Ya’ni, ular har birini 8100 so‘mdan hisoblab, 20 ming AQSh dollarini 162 million so‘mga sotishga kelishib, shundan 18800 AQSh dollarini sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

    Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Navbatdagi valyutafurushlar qo‘lga tushdi (video)