Senat raisi Janubiy Koreya delegatsiyasini qabul qildi

  • 26 sentyabr 2017, 10:07
  • 4 143
  • Jamiyat
  • Senat raisi Janubiy Koreya delegatsiyasini qabul qildi
    25 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Chon Se Gyun rahbarligidagi parlament delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

    Suhbat chog‘ida Oliy Majlis Senati raisi O‘zbekistonda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holatiga yuqori baho berilishini hamda Koreya Respublikasi bilan barcha sohalarda strategik hamkorlikni, shu jumladan parlamentlararo munosabatlarni yanada mustahkamlashga muhim ahamiyat qaratilishini qayd etdi.

    Ikki tomonlama parlamentlararo aloqalar, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik holati hamda uni yanada chuqurlashtirish istiqbollari haqida fikr almashildi.

    Tomonlar Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Chon Se Gyunning O‘zbekistonga tashrifi parlamentlararo munosabatlarni mustahkamlashda va kengaytirishda muhim rol o‘ynashiga hamda ikki mamlakat qonun chiqaruvi organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga yangicha turtki berishiga umid bildirdilar.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Senat raisi Janubiy Koreya delegatsiyasini qabul qildi