29 yoshli rossiyalik ayol Rossiyadagi eng yosh buvi bo‘ldi

  • 26 sentyabr 2015, 12:30
  • 11 748
  • Jamiyat
  • 29 yoshli rossiyalik ayol Rossiyadagi eng yosh buvi bo‘ldi

    Rossiyaning Nijegorod viloyatida istiqomat qiluvchi 29 yoshli Natalya Knyazkova Rossiyaning eng yosh buvisiga aylandi.

    Uning 14 yoshli qizi o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Yosh ona va bola bir necha kun muqaddam Bor shahridagi tug‘ruqxonadan chiqdi, deya xabar bermoqda “Volga” telekanali.
    Natalyaning so‘zlariga ko‘ra, nevarali bo‘lishi haqidagi xabar uni hayratlantirgani yo‘q. Chunki uning o‘zi ham 14 yoshida farzandli bo‘lgan.

    Qizaloqning 17 yoshli otasi oila qurishga tayyor ekanini bildirganiga qaramasdan, yosh onaning ota-onasi hech bo‘lmaganda balog‘atga etguniga qadar qizini qo‘yib yubormasligini aytishgan. Qiz hali maktabdagi tahsilini davom ettirishi kerak.

    Bola vazni 3,5 kg bo‘lib, bo‘yi 51 sentimetrni tashkil etadi va u mutlaqo sog‘lom.
    Dunyodagi eng yosh buvi esa ruminiyalik Rifka Staneska bo‘lib, uning 11 yoshli qizi Mariya Rifka 23 yoshida ekanida farzandini dunyoga keltirgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 29 yoshli rossiyalik ayol Rossiyadagi eng yosh buvi bo‘ldi