16:11 / 26.09.2017
9 729

Kelin 3 km uzunlikdagi fatasini deb 10 yilga qamalishi mumkin

Kelin 3 km uzunlikdagi fatasini deb 10 yilga qamalishi mumkin
O‘zbekistondagi to‘y-hashamlar so‘nggi vaqtlarda juda dabdabali bo‘lib ketyapti, degan so‘zlarni ko‘p eshityapmiz.

Kelin va kuyov navkarlar, shohona kelin liboslari-yu konsertga aylanib ketayotgan to‘ylar bot-bot tilga olinmoqda. Bu borada dunyo mamlakatlari ham qolishmayapti. Quyidagi voqea fikrimizga isbot bo‘la oladi.

Shri-Lankada yangi turmush qurgan juftlik kelinning fatasi 3 km uzunlikda bo‘lganligi uchun tergovchilar “nazariga” tushdi. Gap shundaki, fatani 250 nafarga yaqin o‘quvchilar ko‘tarib borishgan.

Bundan tashqari, 21 sentyabrda o‘tkazilgan mazkur nikoh marosimida yana 100 nafar o‘quvchi gullar tashigani ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, o‘quvchilar shu kuni maktabdagi darslariga borishmagan.

Ular to‘y marosimining nufuzli mehmonlaridan biri bo‘lgan Markaziy provinsiya bosh vaziri Sarat Ekaneyeyk nomidagi maktab o‘quvchilari bo‘lishgan.

Bolalar huquqlari bo‘yicha milliy boshqarma mazkur holat bo‘yicha surishtiruvni boshladi. Agar ayb tasdiqlansa, aybdor jazolanishi mumkin.

Agar kelin va kuyov aybdor deb topilishsa, ular 10 yilga ozodlikdan mahrum etilishi nazarda tutilgan.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kelin 3 km uzunlikdagi fatasini deb 10 yilga qamalishi mumkin