Qibray tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan bola sotish holatining oldi olindi.
Xususan, bir guruh fuqarolar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etib, Qibray tumanida yashovchi ayol o‘z farzandini begona shaxslarga 1000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lib yurganini bildirgan.
Xabarga asosan zudlik bilan mazkur holatning oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazilib, tumanda yashovchi M.Ismoilova (1990 y.t.) 2017 yilning iyun oyida tug‘ilgan, uch oylik o‘g‘lini 500 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtda ushlandi.
Toshkent viloyati prokuraturasidan xabar berishlaricha, hozirgi vaqtda jinoyat sodir etilishi sabablari aniqlanmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»