08:02 / 27.09.2017
6 520

Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida navbatdagi xorij safarini amalga oshiradi

Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida navbatdagi xorij safarini amalga oshiradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning noyabr oyida Janubiy Koreyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Kun.uz ma’lumot berdi.

Prezidentning o‘zi Janubiy Koreya safariga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida iyul oyi oxirida o‘tkazilgan videoselektor vaqtida aytib o‘tgandi.

Bugun Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Chon Se Gyunni qabul qildi. Qabul davomida janubiy koreyalik arbob O‘zbekiston rahbariga Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi hamda Janubiy Koreya rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tez orada ushbu mamlakatga tashrif bilan borishini kutayotganini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida navbatdagi xorij safarini amalga oshiradi