21:42 / 27.09.2017
5 925

Prezidentning Facebook’dagi sahifasi rasmiy statusni oldi

Prezidentning Facebook’dagi sahifasi rasmiy statusni oldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasiga rasmiy maqom berildi.

Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Facebook tomonidan berilgan rasmiy status vazirlik vakillarining Facebook kompaniyasi bilan bo‘lgan uchrashuvda erishilgan kelishuvga asosan berilgan. Bugun, 27 sentyabrdan boshlab Prezidentning sahifasi kompaniya tomonidan tekshirilib, ko‘k rangdagi belgi bilan unga rasmiy status berilganini aytgan.

Ushbu status Prezident faoliyatiga doir axborotlarni yanada keng jamoatchilikka tarqatishga hamda uni turli boshqa norasmiy akkauntlardan farqlab, qidiruv jarayonlarida aynan birinchi bo‘lib rasmiy saxifani ko‘rsatishga imkon beradi.

Rasmiy sahifaga quyidagi link orqali o‘tishingiz mumkin bo‘ladi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan “Kremniy vodiysi”da bo‘lib, bu yerda faoliyat olib boruvchi yetakchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib borgani haqida xabar bergan edik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezidentning Facebook’dagi sahifasi rasmiy statusni oldi