Toshkentda Lasetti haydovchisi 36 yoshli ayolni urib yubordi

  • 28 sentyabr 2017, 12:02
  • 5 369
  • Jamiyat
  • Toshkentda Lasetti haydovchisi 36 yoshli ayolni urib yubordi
    2017 yil 25 sentyabr kuni soat 08:00larda, Chilonzor tumani, “Bunyodkor” ko‘chasida joylashgan “Oq tulpor” restorani qarshisida, haydovchi 1992 y.t. “Lasetti” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan.

    Hodisa oqibatida piyoda, 1981 yilda tug‘ilgan ayol, yo‘l-transport hodisasi joyida vafot etgan.

    Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentda Lasetti haydovchisi 36 yoshli ayolni urib yubordi