15:58 / 28.09.2017
9 566

​Mehnat daftarchasi egasidan boshqaga berilishi mumkinmi?

​Mehnat daftarchasi egasidan boshqaga berilishi mumkinmi?
​Ishdan bo‘shagan xodimning mehnat daftarchasini egasidan boshqaga berilishi mumkinmi?

Xodim korxonadan ishdan bo‘shab, o‘zining mehnat daftarchasini olmadi va qayergadir jo‘nab ketdi. Uning ukasi daftarchani tilxat orqali unga berishlarini so‘radi. Yangi xodim - korxonaning kadrlar bo‘yicha inspektori daftarchani berib, uning faqat pasport ma’lumotlarini yozib olib qoldi. Yana ishdan bo‘shagan xodimdan ishonchnoma ham talab qilish kerak edimi? Bunday hollarda keyinchalik qanday yo‘l tutish kerak?

Farruxjon Fayziyev, huquqshunos:
  • Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni (ishning so‘nggi kuni) ish beruvchi xodimga uning mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishi shart (Mehnat kodeksining 108-moddasi).

Agar xodim ishdan bo‘shatish kunida ishda bo‘lmasa, ish beruvchi o‘sha kuniyoq unga pochta orqali mehnat daftarchasini olib ketish to‘g‘risida xabarnoma jo‘natadi.

Xodimning mehnat daftarchasini yashash joyiga pochta orqali jo‘natish faqat uning roziligi bilan amalga oshiriladi (Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 29 yanvarda 402-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaning 3.3-bandi).

Faqat xodim vafot etgan bo‘lsa, mehnat daftarchasi uning yaqin qarindoshlariga tilxat yozdirib olish yo‘li bilan topshiriladi yoki ularning talablariga ko‘ra pochta orqali jo‘natiladi.

Shu tariqa, qonun hujjatlarida mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat daftarchasi faqat xodimga berilishi aniq-ravshan nazarda tutilgan. Mehnat daftarchasini ishonchnoma bo‘yicha yoki ishdan bo‘shagan xodimning qarindoshi pasportini taqdim etish asosida berish qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan.

Shuni eslatish lozimki, xodim mehnat daftarchasini olish uchun murojaat etmagan taqdirda, uni olish zarurligi to‘g‘risida yozma xabardor qilingandan keyin, uni korxonada saqlash kerak.

Manba: Darakchi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » ​Mehnat daftarchasi egasidan boshqaga berilishi mumkinmi?