20:02 / 28.09.2017
4 733

Prezident AQShdagi vatandoshlar bilan ishlash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident AQShdagi vatandoshlar bilan ishlash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 sentyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlariga 18–20 sentyabr kunlari amalga oshirilgan tashrif yakunlari yuzasidan huquqiy hujjatni imzoladi.

Ushbu qarorga ko‘ra, AQShga tashrif doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita”lari va kelishuvlarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash bo‘yicha Prezident qarori imzolandi.

Qarorda ushbu kelishuvlar ijrosini nazorat qilish va ular ustidan tizimli monitoringni olib borish vazifasi Bosh vazir zimmasiga yuklatilgan.

Bundan tashqari, bir oylik muddatda AQShda istiqomat qiluvchi vatandoshlarning bilimi, tajribasi va salohiyatini O‘zbekistonga jalb qilish bo‘yicha harakatlar rejasi ishlab chiqilishi vazifa sifatida belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Nyu-York shahriga tashrifi doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xalqaro valyuta fondi taqsimlovchi direktori Kristin Lagard, Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yon Kim hamda qator davlat va hukumat rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabarlar bergan edik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident AQShdagi vatandoshlar bilan ishlash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi