23:20 / 02.10.2017
9 088

Avval Spark, keyin Nexia urib yuborgan ayollar vafot etdi

Avval Spark, keyin Nexia urib yuborgan ayollar vafot etdi
29 sentyabr kuni soat 19:20 larda Yunusobod tumanida joylashgan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti yotoqxonasi qarshisida YTH sodir bo‘ldi.

1988 yilda tug‘ilgan haydovchi yigit Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, ikki nafar piyodani urib yuborgan. Qattiq zarb natijasida ular qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia rusumli avtomashinaga urilganlar. YTH oqibatida 22 va 30 yoshli ayollar Toshkent tibbiyot akademiyasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avval Spark, keyin Nexia urib yuborgan ayollar vafot etdi