Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tish uchun qing‘ir usullarni qo‘llashga tayyor bo‘lgan hamda ushbu ishni amalga oshirishga ko‘maklashmoqchi bo‘lgan ayrim fuqarolar qo‘lga olindi, deb xabar qiladi Qalampir.uz.
Toshkent shahri Yashnobod tumani Ichki ishlar bo‘limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan fuqarolarni katta miqdordagi mablag‘ evaziga noqonuniy ravishda doimiy ro‘yxatga qo‘yish bilan bog‘liq huquqbuzarlik holati aniqlandi. Bu haqda “Postda” nashri xabar berdi.
Yashnobod IIB MFR bo‘limida yordamchi sifatida ishlagan bir nechta xodimlar o‘nlab fuqarolardan doimiy ro‘yxatga qo‘yish uchun 3000 AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda pul olgan. Pasport bo‘limining qat’iy hisobida turuvchi muhr va shtamplardan foydalanib, fuqarolarning pasportiga yashirin ravishda muhr va shtamp bosib, doimiy ro‘yxatda turgani haqida soxta ma’lumotlar kiritgan.
Uyushgan guruh a’zolari va ularga pul mablag‘larini bergan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lib, jinoyat ishidan yetkazilgan zarar 188 million so‘m deb baholangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»