12:03 / 04.10.2017
6 437

Samarqand–Istanbul yo‘nalishidagi parvoz kuni aniq bo‘ldi

Samarqand–Istanbul yo‘nalishidagi parvoz kuni aniq bo‘ldi
Avvalroq, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi aviatsiya tashkilotlari o‘rtasida ikki tomonlama maslahatlashuv bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Maslahatlashuvlar yakuniga ko‘ra 2017/2018 yillarda qishki davrda har bir tashuvchi tomonidan haftada bir marta, yozgi mavsumda haftasiga 2 martadan Samarqand va Istanbul o‘rtasida doimiy reyslarni amalga oshirish huquqini taqdim etuvchi majlis bayoni imzolangan edi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy avikompaniyasi Samarqand–Istanbul–Samarqand yo‘nalishida parvozlarni 30 oktyabrdan boshlab amalga oshira boshlaydi. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar berdi.

Uchish vaqtlari quyidagicha qilib belgilangan:

HY 275 Samarqand–Istanbul: Samarqanddan uchish 20:00 da, Istanbulga qo‘nish 23:00 da;

HY 276 Istanbul–Samarqand: Istanbuldan uchish 00:30 da (+1), Samarqandga qo‘nish 06:45 da.

*Har ikki tomonning mahalliy vaqtlari ko‘rsatilgan.

Chiptalarni onlayn yoki joyida xarid qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand–Istanbul yo‘nalishidagi parvoz kuni aniq bo‘ldi