00:03 / 05.10.2017
8 699

Endi MIB xodimlarini do‘pposlash holati Sirdaryoda sodir bo‘ldi

Endi MIB xodimlarini do‘pposlash holati Sirdaryoda sodir bo‘ldi
Fuqarolar tomonidan Majburiy ijro byurosi xodimlarining qonuniy talablariga rioya qilmaslik holatlari, ularning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish holatlari uchramoqda.

Avvalroq, xuddi shunday holat Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani “Novchandir” mahallasida sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Inspektor Ilhom Turg‘unboyevich Musayev boshchiligidagi Majburiy ijro byurosi xodimlari Sirdaryo viloyati Guliston tumanining Navoiy mahallasida yashovchi fuqaro Fazliddin Yuldashevich Haydarovning xonadoniga elektr energiyasidan foydalanishdagi qonuniylikni o‘rganish maqsadida boradi.

Uy egasi o‘zboshimchalik bilan elektr manbasiga noqonuniy ulanib olganligi ma’lum bo‘ladi. Byuro xodimlari tomonidan voqea yuzasidan bayonnoma tuzilib, noqonuniy ulanishni uzayotgan vaqtda fuqaro Fazliddin Haydarov davlat xodimlariga jiddiy qarshilik ko‘rsatadi va turli xaqoratli so‘zlar ishlatib, ispektor Ilhom Musayevga yengil tan jarohati yetkazadi.

Mazkur voqea yuzasidan Guliston tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro Fazliddin Haydarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi MIB xodimlarini do‘pposlash holati Sirdaryoda sodir bo‘ldi