10:14 / 06.10.2017
6 972

Rossiyadagi yirik YTHda 15 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyadagi yirik YTHda 15 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Rossiyaning Vladimir viloyatida poyezd va avtobus ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi. Yo‘lovchi poyezd bilan temiryo‘l kesishmasida YTHga uchragan avtobus Qozog‘istondan Rossiyaga kelayotgani xabar qilindi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Avtobus temiryo‘l kesishuv hududida taqiqlovchi chiroqqa qaramay harakatlangan.

“Avtobus Qozog‘iston Respublikasi fuqarolariga tegishli ekani hamda uning salonida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani aytilmoqda. Ularning 15 nafari halok bo‘lgan, hozirda ularning shaxsi aniqlanmoqda.

Besh kishi shifoxonaga yetkazilgan bo‘lsa, yana to‘rt nafar odam jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Jabrlanganlar orasida ahvoli og‘ir ikki nafar bola borligi, ularning biri 3–5 yoshlar atrofidagi bolakay va ikki yoshli qizaloq ekanligi aytilmoqda.

Halokat bugun, 6 oktyabr kuni taxminan 03:39 da (Moskva vaqti bilan) Vladimir viloyati Petushin tumani hududidagi Pokrov shohbekati yaqinida sodir bo‘lgan.

Voqea joyida tezkor guruh xodimlari ish olib borayotgani hamda politsiya holatga aniqlik kiritish uchun harakat qilayotgani ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 iyun kuni Qozoqistonning Akmola viloyatini kesib o‘tgan Samara–Shimkent yo‘nalishida yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan avtobus ag‘darilib ketgan edi.

YTH natijada avtobus ichida bo‘lgan o‘zbekistonlik 9 fuqaro halok bo‘lib, yana 17 kishi jiddiy jarohat olganligi haqida xabar bergan edik.

Bundan tashqari, 9 nafar o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi 5 yilga qamalgani to‘g‘risida ma’lum qilingandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyadagi yirik YTHda 15 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi