14:36 / 07.10.2017
7 773

O‘zbekistonlik qorilar Makkada o‘tkaziladigan Xalqaro Qur’oni karim musobaqasida ishtirok etadi

O‘zbekistonlik qorilar Makkada o‘tkaziladigan Xalqaro Qur’oni karim musobaqasida ishtirok etadi
Joriy yilning 7—11 oktyabr kunlari Saudiya Arabistonining Makka shahrida 24-Xalqaro Qur’oni karim musobaqasi o‘tkaziladi. O‘zbekiston vakillari bo‘lgan Toshkent islom instituti bitiruvchisi Saydulloh qori Tohirov va «Ko‘kaldosh» o‘rta-maxsus islom bilim yurti talabasi Abdulbasir qori Kamolov mazkur musobaqada ishtirok etish uchun 2 oktyabrda Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu musobaqada 50 dan ortiq davlatdan kelgan 200 ga yaqin qori ishtirok etadi. Musobaqa shartlari quyidagilardan iborat:
1. Qur’on karimni tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qib berishi bilan birga, Qur’oni karimdagi oyati karimalarning tafsirini bilish.
2. Qur’on karimning 30-porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish.
3. Qur’on karimning 15-porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish.
4. Qur’on karimning 5-porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish.
O‘zbekiston vakillari musobaqaning 2 va 3-shartlari bo‘yicha ishtirok etadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik qorilar Makkada o‘tkaziladigan Xalqaro Qur’oni karim musobaqasida ishtirok etadi