16:01 / 07.10.2017
30 062

Kuyov to‘yda “kelinning xiyonatini” ekranda namoyish etdi

Kuyov to‘yda “kelinning xiyonatini” ekranda namoyish etdi
Bir necha kun avval Singapurda o‘tgan to‘y kelinning “sharmandagarchiligi” bilan yakunlandi. Kuyov kelinni barchaning oldida uyaltirdi va shu tariqa bayram o‘z nihoyasiga yetdi.

Gap shundaki, moliyaviy ahvoli “juda yaxshi” bo‘lgan biznesmen kuyov to‘y marosimidan bir necha hafta avval bo‘lajak rafiqasini xiyonat qilayotganligidan shubha qiladi. Shu sabab u detektiv yollaydi...

Josus bo‘lajak kelinning orqasidan qariyb 1,5 oy davomida kuzatib yurdi. Avvaliga u hech qanday shubhali hatti-harakatlarni payqamaydi, biroq keyinchalik kuyovning taxminlari o‘z tasdig‘ini topdi.

Yollangan detektiv bo‘lajak kelin begona erkak bilan mehmonxona nomerlaridan biriga kirib ketayotganligini tasvirga olgan. U kelin xiyonat qilayotganligini tasdiqlovchi barcha dalillarni kuyovga bergan, biroq kuyov to‘yni bekor qilmagan.

Kuyov to‘yga barcha yaqinlarini, do‘stlarini, kelinning dugonalari va qarindoshlarini, va hatto, bo‘lajak rafiqasi bilan xiyonat qilgan erkakni ham to‘yga taklif etgan.

To‘y avjiga chiqqan vaqtida u kelin va kuyovlarning “muhabbat tarixi” videoroligini qo‘yishni so‘ragan.

Avvaliga sokin qo‘shiq sadosi ostida biznesmen hamda kelinning birgalikda baxtiyor tushgan fotosuratlari ekranda namoyon bo‘lgan. Biroq kutilmaganda kadr o‘zgarib, kelinning begona erkak bilan mehmonxonaga kirib ketayotganligi aks etgan video ekranda namoyish etilgan...

Albatta, barcha mehmonlar hayratdan “yoqa ushlashgan”. Kelin esa yig‘lagancha, “sharmandalarcha” restorandan qochib ketgan. Kuyov ham sobiq sevgilisiga “achchiq” tilaklar bildirib, to‘yxonadan chiqib ketgan.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kuyov to‘yda “kelinning xiyonatini” ekranda namoyish etdi