22:06 / 07.10.2017
9 619

Tojikiston prezidenti og‘ir judolikka uchradi...

Tojikiston prezidenti og‘ir judolikka uchradi...
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning akasi Nuriddin Rahmon bugun, shanba kuni 67 yoshida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti axborot agentligi orqali xabar tarqatildi.

Marhum Dushanbe shahrida davolanayotgan bo‘lgan, u miokard infarktidan vafot etganligi xabar qilinmoqda.

Marhum tug‘ilib o‘sgan Dang‘ara tumaniga vertolyot yordamida olib ketilgan. Janoza marosimi ertaga tongda bo‘lishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

Nuriddin Rahmonning o‘limiga doir rasmiy bayonot Tojikiston rasmiylari tomonidan berilgani yo‘q.

Marhum oxirgi yillarda davlat ishlarida mansabdor shaxs sifatida faoliyat yuritmagani, nafaqada bo‘lganligi aytilmoqda.

Bir necha yillardan beri qandli diabet kasalligidan aziyat chekkan Nuriddin Rahmon yurak xastaligi bilan olamdan ko‘z yumgani haqida ma’lum qilingan.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tojikiston prezidenti og‘ir judolikka uchradi...