23:19 / 10.10.2017
7 208

Erdo‘g‘an: “Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi biz uchun muhim”

Erdo‘g‘an: “Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi biz uchun muhim”
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n birinchi yalpi majlisida Alisher Anvarovich A’zamxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangani hamda 20 sentyabr kuni u o‘z faoliyatini boshlash uchun Toshkentdan Turkiyaga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Alisher A’zamxo‘jayev Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga ishonch yorliqlarini topshirdi.

TIV Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, elchi va Turkiya prezidenti o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston Turkiyaning Markaziy Osiyo va jahondagi muhim hamkori ekanligi ta’kidlangan.

Turkiya prezidenti barcha o‘zaro manfaatli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga tayyor ekanligini aytib o‘tgan.

Bundan tashqari, 2016 yilning noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng kuzatilgan O‘zbekiston–Turkiya munosabatlaridagi ijobiy dinamika alohida qayd etilgan.

Pekin, Ostona va Nyu-York shaharlaridagi ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi o‘tgan uchrashuvlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun mavjud bo‘lgan ulkan imkoniyatlarni amalga oshirish uchun birgalikda ishlashga imkon berishi alohida qayd etildi.

Turkiya davlati rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga bo‘lajak tashrifi muhim o‘ringa ega ekanligi ta’kidlar ekan, ushbu tashrif O‘zbekiston–Turkiya siyosiy muloqotini yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnikaviy va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga yangi turtki berishini aytdi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Erdo‘g‘an: “Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi biz uchun muhim”