O‘zbek va tojik xalqlarini do‘stlik, yaqin qo‘shnichilik aloqalari bilan birga ko‘p asrlik madaniy rishtalar bog‘lab turadi.
10–14 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Tojikiston madaniyati kunlari o‘tkazilishi haqida xabar berildi.
Mazkur tadbir, ya’ni Tojikiston madaniyati kunlarining o‘tkazilishi — ikki xalq o‘rtasidagi hamkorlikning amaldagi ifodasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Kecha, 10 oktyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tojikistonlik bir guruh san’at va madaniyat namoyandalarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zA xabariga ko‘ra, Tojikiston delegatsiyasi a’zolari Toshkentdagi Hazrati Imom (Xastimom) majmuasi va O‘zbek Milliy akademik drama teatrida bo‘lgan.
Tojikiston xalq artisti Saidqul Bilolov ikki xalqning tili boshqa-boshqa bo‘lsa-da, dili, urf-odat va an’analari o‘xshash ekanini, tarixi, madaniyat va qadriyatlari mushtarakligini aytdi.
Tadbirlarning ochilish marosimi bugun, 11 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Tadbir doirasida, shuningdek, O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida tojikistonlik mo‘yqalam ustalarining ijod namunalari ko‘rgazmasi, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada tojik shoir va yozuvchilari kitoblarining taqdimoti, adabiy-badiiy uchrashuvlar, madaniy tadbirlar tashkil etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi